Farg‘onada 18 yoshli qiz attraksiondan yiqilib tushdi

Farg‘onada 18 yoshli qiz attraksiondan yiqilib tushdi

Joriy yil 23 mart kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida 18 yoshli qiz “Piratskiy korabl” nomli attraksionda uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida attraksiondan tushib ketgan.

Ehtiyotsizlik oqibatida tan jarohati olgan qiz tuman tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Rishton tumani IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va N.O.ning olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hodisa sabablarini aniqlash, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan yoki qilinmaganligini aniqlash yuzasidan Bandlik boshqarmasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.

Hozirgi kunda voyaga yetmagan N.O Bag‘dod tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlarning nazoratida davolanmoqda va ahvoli yaxshilanyapti.

Holat yuzasidan Rishton tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!