Farg‘onada 12 yoshli bolani poyezd urib yubordi

Farg‘onada 12 yoshli bolani poyezd urib yubordi

«Andijon-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi «Marg‘ilon-Oltiariq» temir yo‘l bekatlari oralig‘ida 12 yoshli bolani urib yuborgan. Bu haqda Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

30 may kuni soat 11:45larda sodir bo‘lgan hodisada piyodalar o‘tish yo‘lagidan velosipedda o‘tib ketmoqchi bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan Z.J. jiddiy tan jarohati olgan.

U Oltiariq tumani SHTTYOB ga olib borilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2020 yil 2 iyun kuni shifoxonada vafot etgan.

Ushbu baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!