Eyfel minorasining rangi qayta bo‘yaladi

Eyfel minorasining rangi qayta bo‘yaladi

Parij-2024 Olimpiadasi arafasida shahar ramzi bo‘lmish Eyfel minorasi qayta bo‘yaladi

Eyfel minorasi so‘nggi marta 1968 yilda bo‘yalgan. Bo‘yoqdan so‘ng qo‘ng‘ir zanglagan ko‘rinishdagi minora sarg‘ish-jigarrangda tovlanadi. Bu me’mor Gyustav Eyfelning vasiyati edi.

Parij Olimpiadasining triatlon va ochiq osmon ostidagi suzish bahslari Eyfel fonida o‘tadi.

Kolorizasiya ishlari minoraning 19 qavatli eski bo‘yoqlarini ketkazishdan boshlanadi — maqsad minoraga tushadigan og‘irlikni kamaytirish. So‘ng ustidan 60 tonna yangi bo‘yoq uriladi.

Parijning «temir afsonasi» 2,5 millionta birlashtirgichlar bilan qotirilgan 18 mingta metall qismdan iborat, ularning barchasi tozalanib, qayta bo‘yab chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!