Evropaning ko‘plab davlatlari o‘rtasida Falastinni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlar imzolandi
Falastin Donorlar guruhining (PDG) birinchi yig‘ilishida Germaniya, Lyuksemburg, Sloveniya va Ispaniya Falastin ma’muriyatiga umumiy qiymati 82 million yevrodan ortiq bo‘lgan qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi kelishuvlarni imzoladilar.
Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘rta yer dengizi bo‘yicha komissari Dubravka Shuysa Bryusselda Falastin ma’muriyati bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan birgalikda matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Bu yil va’da qilingan yordamning umumiy miqdori Finlyandiya, Irlandiya, Italiya va Ispaniya tomonidan ilgari kiritilgan badallarni hisobga olgan holda 88 million yevrodan ortiqni tashkil qiladi.
Dubravka Shuysa, shuningdek, Yevropa Ittifoqining barcha mablag‘lari, jumladan, Falastinni ko‘p yillik keng qamrovli qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi 1,6 milliard yevro PEGASE moliyaviy vositasi orqali taqdim etilishini va Falastinning islohot bo‘yicha majburiyatlari bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidladi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu mexanizm moliyaviy yordam ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlaydi, uni kerakli shaxslarga yo‘naltirishni ta’minlaydi.
PDG yig‘ilishida 60 ta muhim davlat, jumladan Yevropa va arab davlatlaridan vazirlar va yuqori martabali amaldorlar, shuningdek, G‘azo tinchlik rejasining potensial donorlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda moliya institutlari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar Falastin ma’muriyatining moliyaviy ahvoli, shuningdek, G‘arbiy Sohil va G‘azo sektoridagi islohotlar va qayta qurish ishlarining borishini muhokama qildilar.
