Evropa Ittifoqiga yo‘l Gruziya xalqi uchun ochiq, agar mamlakat hukumati o‘zining hozirgi siyosatini davom ettirsa, bu yo‘l yopiladi — Yevropa diplomatiyasi rahbari

Evropa Ittifoqiga yo‘l Gruziya xalqi uchun ochiq, agar mamlakat hukumati o‘zining hozirgi siyosatini davom ettirsa, bu yo‘l yopiladi — Yevropa diplomatiyasi rahbari

Jozep Borrel bu haqda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgdagi uchrashuvi boshlanishidan oldin aytib o‘tdi.

"Bugun Yevropa Ittifoqi davlatlari Gruziyaga nisbatan hech qanday aniq qarorlar qabul qilmayapti, biz vaziyatni va mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarni muhokama qilamiz. Ammo Yevropa tinchlik jamg‘armasining moliyaviy yordami, yuqori siyosiy darajadagi aloqalar va moliyaviy yordam tez orada cheklanishi mumkin", — deya ta’kidladi Borrel.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!