Evropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini 2 milliard yevroga oshirdi

Evropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini 2 milliard yevroga oshirdi

Evropa Ittifoqi kengashi o‘zining Tinchlik jamg‘armasi byudjetini 2 milliardga oshirishga qaror qildi. Bu haqda bugun Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

"Bugungi qaror Yevropa Tinchlik Jamg‘armasi byudjetini 7,9 milliard yevrodan ko‘proqqa oshiradi. Ushbu vositaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash nafaqat Ukrainani, balki Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqning boshqa qismlaridagi hamkorlarni ham qo‘llab-quvvatlash uchun juda muhim", — deya ta’kidladi Borrell.

Evropa Tinchlik Jamg‘armasi 2021 yil mart oyida Yevropa Ittifoqining unga kirmaydigan davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi uchun yaratilgan. Hozirda bu fond Ukrainaga berilayotgan barcha turdagi yordamlarni, jumladan, harbiy yordamni ham moliyalashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!