Evrokomissiya Maltani sudga bermoqchi

Evrokomissiya Maltani sudga bermoqchi

Evrokomissiya (EK) Maltani «oltin pasport» dasturi sababli Yevroittifoq sudiga beradi, deb yozadi Bloomberg.

EK bayonotida qayd etilishicha, avvaldan kelishilgan to‘lov yoki investisiya evaziga YEI fuqaroligini berish haqiqiy hamkorlik tamoyillariga mos kelmaydi.

Malta ichki ishlar vazirligi bunga javoban davlat YEK bilan «konstruktiv va vijdonan» hamkorlik qilayotgani hamda «komissiyaning bunday tarzdagi talqinini qat’iyan rad etishi»ni bildirdi.

Ta’kidlanishicha, «oltin pasport» dasturi «pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarning oldini oluvchi kerakli tekshiruv jarayonlariga asoslangan va faqatgina munosib shaxslar Malta hamda Yevropa fuqaroligini olishini kafolatlaydi.

Malta mart oyida Rossiya va Belarus fuqarolariga «oltin pasport» berishni to‘xtatgandi.

«Bu ijobiy qadam bo‘lsa-da, Malta ushbu sxemadan boshqa fuqarolar uchun foydalanmoqda va uni to‘xtatish niyatini ma’lum qilmadi», — deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.

Evroittifoq mamlakatlari, AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada 27 fevralda «oltin pasport» dasturini cheklashga kelishib olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!