Ettidan yetmishgacha: Mo‘ynoqda eko-poyga o‘tkazildi

Ettidan yetmishgacha: Mo‘ynoqda eko-poyga o‘tkazildi

Kecha, 18 aprel kuni “Orol turizmi” haftaligi doirasida Mo‘ynoqda Aral Sea Eco Race eko-poygasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berdi.

Poygada Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, ekofaollar, Orol dengizi tarixiga qiziquvchi sayyohlardan iborat 200 kishi ishtirok etdi. Eng katta ishtirokchining yoshi 70, eng kichik ishtirokchi esa 7 yoshda edi.

Eko-poyganing umumiy masofasi 2 km ni tashkil etdi. Konsepsiyaga ko‘ra, poyga davomida ishtirokchilar 1 km masofaga yugurgandan so‘ng daraxt ko‘chati ekishdi. Har bir ishtirokchi o‘zining shaxsiy raqamiga daraxt ekkanlik faktini qayd etgan noyob chipga ega bo‘lgan.

Finish chizig‘ida har bir ishtirokchiga tabiatni tiklash loyihasidagi ishtiroki uchun ramziy daraxt ko‘rinishidagi medal berildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, olti nafar eng tezkor erkak va ayollar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!