Estoniya Rossiya bilan chegarasini yopishi mumkin

Estoniya Rossiya bilan chegarasini yopishi mumkin

Estoniya o‘z fuqarolarini Rossiyaga har qanday sayohat qilishdan ogohlantirdi va mamlakat hukumati muhojirlar oqimidan xavotirlar tufayli Rossiya bilan chegarani vaqtincha yopishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Estoniya Tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna ma’lum qildi.

Estoniya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, mamlakat Rossiyadan bo‘ladigan migrasiya bosimi tufayli qisqa vaqt ichida chegara punktlarini vaqtincha yopishi mumkin.

“Endi Rossiyaga bormaslik tavsiya etiladi”, deydi Margus Saxkna.

Uning tushuntirishicha, agar Estoniya chegarasini vaqtincha yopsa, hozir Rossiyada bo‘lganlar qaytib kela olmaydi.

Ma’lumot uchun, Estoniya va Rossiya o‘rtasidagi chegara uzunligi 333 kilometrni tashkil etadi. Chegarada oltita ochiq nazorat-o‘tkazish punkti mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!