Erondagi shaharlarga qurolli hujumlar amalga oshirildi

Erondagi shaharlarga qurolli hujumlar amalga oshirildi

Bir necha soat oldin Eronning Seyston Balujiston shahrida Jayshul ul-Adl (JUA) jangari guruhi tomonidan amalga oshirilgan bir nechta muvofiqlashtirilgan hujumlar sodir bo‘ldi.

Qurolli hujumchilar Eronning Rask va Chobahor shaharlaridagi xavfsizlik inshootlari, jumladan, polkovnik Kochzay va polkovnik Moshatseh polisiya uchastkalarini nishonga oldi.

Bundan tashqari, xabarlar ko‘ra Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusining Rask shahridagi shtab-kvartirasiga ham xuddi shunday hujum uyushtirilgan.

JUA ushbu hujumlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Eron davlat ommaviy axborot vositalari Rask va Chobahordagi harbiy muassasalarga terrorchilar tomonidan qilingan hujumlarni tan olib, voqealarni tasdiqladi.

Seyston va Balujiston gubernatorining xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alirizo Marhamati hozirda vaziyat nazorat ostida ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!