Erdo‘g‘an Isroilga tashrif buyurish niyatida

Erdo‘g‘an Isroilga tashrif buyurish niyatida

Turkiya prezidenti tashrifini Nyu-Yorkda yahudiy tashkilotlari yig‘ilishi oldidan nutq so‘zlagan holda ma’lum qildi. Shu bilan birga, u aynan qachon amalga oshirilishiga aniqlik kiritmadi.

Ayni vaqtda Isroil Bosh vaziri Yair Lapidning BMT Bosh Assambleyasi doirasida Erdo‘g‘an bilan uchrashishi kutilmoqda.

Erdo‘g‘an yaqinda Isroilga yangi elchini imkon qadar tezroq tayinlashini ma’lum qilgan edi. Isroil allaqachon Turkiyadagi elchisini tayinlagan.

Ma’lumot o‘rnida, bir oy oldin tomonlar diplomatik munosabatlarni tiklagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!