Erdog‘an Boris Jonson bilan Ukraina bo‘yicha hamkorlikka kelishib oldi

Erdog‘an Boris Jonson bilan Ukraina bo‘yicha hamkorlikka kelishib oldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Ukrainadan don yetkazib berish borasidagi to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati rahbari devonining Turkiya rahbari bilan telefon orqali muloqoti yakunlari bo‘yicha bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Hisobotda, Jonsonning Ukrainadagi inqirozni hal qilishda Turkiyaning "etakchi roli"ni olqishlagani ta’kidlangan. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya bosh vaziri va Erdog‘an jahon bozorida oziq-ovqat narxlarini pasaytirish ustida ishlashga kelishib oldilar, dedi Dauning-strit.

Shuningdek, bu suhbat chog‘ida Jonson Erdog‘anni iyun oyidagi NATO sammiti oldidan Finlyandiya va Shvesiya bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqirdi va bu masalada kerakli yordamni berishga va’da berdi va "Finlyandiya va Shvesiya ittifoqqa qimmatli qo‘shimcha bo‘lishini" ta’kidladi.

Turkiya rahbari, o‘z navbatida, Britaniya bosh vaziriga ikki davlatning Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bilan munosabatlari jiddiy muammo ekanini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!