Erdog‘an Avliyo Sofiya soborining masjidga aylanishi haqida: "U qayta tug‘ildi"

Erdog‘an Avliyo Sofiya soborining masjidga aylanishi haqida: "U qayta tug‘ildi"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Ayo-Sofiyaning (Avliyo Sofiya sobori) masjidga aylantirilgani sababli tanqidlarga javob qaytardi. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.

Erdog‘an Turkiyani tanqid qilishni mamlakat hokimiyatiga qilingan hujum deb atadi. Siyosatchi boshqa davlatlarni Anqaraning qarorini hurmat qilishga chaqirdi.

Turkiya rahbari, shuningdek, binoda tayyorgarlik ishlari olib borilishini aytdi. Ish taxminan olti oy davom yetadi. "Biz bu ishlarni musulmonlar va boshqa din vakillari kelib, ota-bobolarimiz merosini qanday himoya qilishimiz va mish-mishlar haqiqat emasligini ko‘rishlari uchun amalga oshiramiz", – deb ta’kidladi siyosatchi.

Erdog‘an Ayo-Sofiyaning masjid sifatida "qayta tiklanishi"ni uning "kashf qilinishi" bilan taqqosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bino "qaytadan tug‘ilgan".

Avvalroq sud Vazirlar Mahkamasining 1934 yildagi Ayo-Sofyaga muzey maqomini bergan qarorini bekor qilgandi.

Davlat kengashining xulosasida Ayo-Sofiya kadastrda masjid sifatida ro‘yxatga olinganligi va bu maqom o‘zgarmasligini ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!