Engilroq jazo tayinlatib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Engilroq jazo tayinlatib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.R. fuqaro F.Q.ning transport vositasini olib qochganligi yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 2 000 AQSh dollari evaziga sudda yengilroq jazo tayinlatib berishini aytib, F.Q.ning tanishi SH.A.dan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!