Eng ko‘p o‘g‘irlangan avtomobillar ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p o‘g‘irlangan avtomobillar  ma’lum bo‘ldi

Rossiyadagi “KASKO” sug‘urtalovchilari Rossiyadagi eng ko‘p o‘g‘irlangan avtomobil brendlari ma’lum qilishdi. Ular ““Kia Rio”, “Toyota Camry”, “Hyundai Solaris”, “Kia Optima” va “Hyundai Sonata” bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, jinoyatchilarning tanlovi ancha o‘zgargan. 2018 yilda eng ko‘p o‘g‘irlangan mashinalar “Lexus LX” va “Hundai Tuscon”, bundan besh yil oldin esa “Range Rover” hamda “BMW” bo‘lgan. Aytilishicha, o‘g‘rilar hozirda ehtiyot qismlar uchun koreys avtoulovlarini “ov qilish” bilan shug‘ullanishmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, mashinalar ko‘pincha Sankt-Peterburg, Leningrad, Sverdlovsk va Ivanovo viloyatlarida o‘g‘irlanadi. Shu bilan birga, 2019 yilda avtomobil o‘g‘irlashlar soni 14 foizga kamaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!