Energetika sohasidagi loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Energetika sohasidagi loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi


Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik energetika loyihalarini amalga oshirish, energiya tizimi barqarorligini ta’minlash va energiya samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Tanqidiy tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilishda qayd etilganidek, mamlakatimizda elektr energiyasi bo‘yicha jami generasiya quvvatlari 25,8 ming megavattga yetdi. Shundan quyosh, shamol va gidroenergetika 8 ming megavattni, ya’ni umumiy hajmning 31 foizini tashkil etmoqda. 2026 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 90 milliard kilovatt-soatga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bu 2020 yilga nisbatan 40 foiz o‘sish demakdir.

Joriy yilda iqtisodiy o‘sish hamda tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmlarining oshishi hisobiga elektr iste’moli yana 1 milliard kilovatt-soatga ortishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan aholi va iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ravishda energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish, tarmoqlarni yangilash, investisiyalarni ko‘paytirib, yirik loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish birinchi navbatdagi vazifa sifatida belgilandi.

Bugungi kun holatiga ko‘ra, yoqilg‘i-energetika majmuidagi investisiya portfeli 133 ta loyihani qamrab olgan bo‘lib, umumiy qiymati 51,4 milliard dollarni tashkil etmoqda. Shundan 43 milliard dollarlik 73 ta yirik loyiha bo‘yicha tizimli yondashuv qilib, yil yakuniga qadar 6 ming 770 megavatt yangi quvvatlarni ishga tushirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu 2,8 ming megavatt quyosh, 2,5 ming megavatt issiqlik, 470 megavatt shamol, 68 megavatt gidroenergetika quvvatlari hamda 884 megavatt energiya saqlash tizimlaridir.

Biroq ayrim loyihalarni kelishish va yer ajratish bilan bog‘liq jarayonlarda turli sustkashliklarga yo‘l qo‘yilayotgani oqibatida mavjud loyihalarni kengaytirish hamda yangilarini boshlash orqaga surilayotgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga yer ajratish va toifasini o‘zgartirish ishlarini tezlashtirish topshirildi.

Umuman, joylarda energetikani rivojlantirish va energotejamkorlikni ta’minlashda Energetika vazirligi hamda hokimliklar yaqin hamkorlik va muvofiqlashuv asosida ishlashi zarurligi qayd etildi.

Loyihalarni amalga oshirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va mahsulotlar ishtirokini yanada kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi. 2025 yilda investisiya loyihalarida mahalliy komponent ulushi 737 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkichni 1 milliard dollardan oshirish maqsad qilingan.

Jumladan, o‘tgan yili transformator ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi. Joriy yilda yangi turdagi kabel va muftalarni, shamol elektr stansiyalari minoralari va parraklarini mahalliylashtirish loyihalarini ishga tushirish, energiya saqlash tizimlarini mahalliylashtirish loyihasini boshlash rejalashtirilgan.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi ortayotgan sharoitda uni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish masalasi dolzarb ekani, lekin qo‘shimcha yuqori kuchlanishli magistral tarmoqlari qurilmasa, generasiya quvvatlarining iste’mol hajmidan oshib ketishi xavfi mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. O‘tgan yili elektr tarmoqlarini rivojlantirishga ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish sur’ati yetarli emasligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yaqin yillarda jami 602 kilometr uzunlikdagi “Tolimarjon – So‘g‘diyona”, “Sirdaryo – Halqa” va “Qorako‘l – Nurobod” liniyalarini, 2030 yilga qadar “Yangi Angren Namangan” tarmog‘i hamda “Namangan” nimstansiyasini qurish rejalari haqida axborot berildi. Toshkent shahrida 75 kilometr yuqori kuchlanishli tarmoqlar va 5 ta nimstansiya qurish, 69 kilometr tarmoq hamda 18 ta nimstansiyani modernizasiya qilish, 638 kilometr past kuchlanishli tarmoqlar va 161 ta transformator shoxobchalarini modernizasiya qilish topshirildi.

Qo‘shni davlatlar bilan energetika tizimlarini integrasiya qilish hisobiga vodiy viloyatlarida elektr ta’minotini yaxshilash rejalari ham muhokama qilindi. “Surxon – Puli-Xumri” yuqori kuchlanishli tarmog‘i va uning nimstansiyalari qurilishini jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.

Energiya samaradorligi borasida hali ko‘p ishlar qilinishi shartligi qayd etildi.

Soha va tarmoqlarda 2026 yilda elektr 4 milliard 378 million kilovatt-soat elektr energiyasi, 2 milliard 840 million kub metr tabiiy gaz tejash uchun tizimli va manzilli choralar ko‘rish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Yirik korxonalarda ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirmasdan energiya sarfini kamida 10 foizga kamaytirish, tarmoqlar va ijtimoiy ob’ektlarda energiya samaradorligini oshirish uchun 200 million dollar resurs jalb etish choralari belgilandi.

Respublika hududlarida issiqlik va kogenerasiya markazlarini qurish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi. Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan kogenerasiya markazini tashkil etish ishlari davom ettiriladi, Yunusobod tajribasi asosida hududlarda 7 ta kogenerasiya markazlari quriladi. Issiqlik stansiyalari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ular uchun suyultirilgan gazni saqlash infratuzilmasini barpo etish masalasini o‘rganib, takliflar kiritish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida Prezidentimiz strategik loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, magistral va taqsimlovchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Dollar turbulentlik bosqichiga kirmoqda

The Economist ёзишича, Америка активларини ушлаб турган инвесторлар энди заифроқ ва юқори волатил валютага кўникишлари керак.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Umraga borish 19 martdan rasman to‘xtatiladi

Расмий маълумотларга кўра, Умра визасига ариза беришнинг сўнгги куни – жорий йил 19 март, Саудия Арабистонига киришнинг сўнгги куни – 2 апрель, мамлакатни тарк этишнинг сўнгги куни эса – 18 апрель этиб белгиланган.

Gvardiola: «Husanovni boshqa futbolchilar bilan adashtirmang...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола яқиндагина ЕЧЛнинг энг тезкор футболчиси деб топилган ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов ҳақида тўхталиб ўтди.

Tramp: "Menga mamlakatni vayron qilish huquqi berilgan”

Президентнинг сўзлари Оқ уйнинг ижтимоий тармоқ саҳифаларида жонли эфирда намойиш этилди.

Isroil Hindistonda juda mashhur, buni bilasizmi? - Netanyaxu

Ҳиндистон Исроилдан тахминан 8,6–8,7 миллиард долларлик қурол сотиб олишни маъқуллаган.

"Nasaf"ning Elit OCHLdagi g‘alabasi O‘zbekiston uchun muhim natija bo‘ldi

Қаршининг "Насаф" жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси (OФК) элит босқичининг 8-турида сафарда БААнинг "Шаржа" клубини 2:1 ҳисобида мағлуб этди.

Diqqat: Telegram tarmog‘ida yangi firibgarlik turi ommalashmoqda!

Бугунги рақамли дунёда хавфсизлик — энг олий вазифа. Видеода Telegram мессенжери орқали амалга оширилаётган янги турдаги киберфирибгарлик ва ундан ҳимояланиш йўллари ҳақида батафсил маълумот берилган.

O‘zbekistonliklar uchun Qatarda ishlash imkoniyati yaratildi

Ўзбекистонлик фуқаролар учун Қатар давлатида меҳнат фаолиятини амалга ошириш мақсадида йирик вакансиялар базаси очилди.

Namangan va Toshkent osmonida jism qulashi kuzatildi (foto)

Ҳозирда вазият юзасидан дастлабки ўрганиш ишлари давом этмоқда.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

Eron Rossiya bilan maxfiy bitim tuzdi

Россиянинг “Рособоронекспорт” давлат компанияси Эронга уч йил давомида — 2027 йилдан 2029 йилгача, 500 та “Верба” зенит-ракета мажмуаси ва 2,5 мингта 9М336 ракеталарини етказиб беради

Toshkentda yer maydonini 9 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Улар Юнусобод туманидаги тадбиркорлик субъектига тегишли бўлган, ҳозирда тақиқда турган 2 гектар нотурар ер майдони учун 200 минг олаётганда қўлга олинган.

IIV Kattaqo‘rg‘onda hibsxonada saqlangan fuqaro vafot etgani yuzasidan rasmiy izoh berdi

Унинг аҳволи кескин ёмонлашгани сабабли тиббиёт муассасасига олиб бориш вақтида, соат 18:00 ларда вафот этган.

Arab mamlakatlari AQSh elchisining bayonotini qoraladi

Ўндан ортиқ давлат, жумладан Миср, Иордания ва Бирлашган Араб Амирликлари Ҳаккабининг баёнотларини “хавфли ва адоватни қўзғатувчи” таҳдид сифатида баҳолади.

Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs otib tashlandi

Трампнинг Мар-а-Лаго қароргоҳига ўқотар қурол ва ёнилғи идиши билан киришга уринганида отиб ташланган эркак 21 ёшли рассом Остин Такер Мартин экани аниқланди

Donald Tramp: Oliy sud qaroridan so‘ng mening tariflar bo‘yicha vakolatlarim kengaydi

У бу ҳақда ўзининг Truth Social ижтимоий тармоғида ёзди.

Meksikada narkokartel bilan to‘qnashuvlarda 25 nafar milliy gvardiyachi halok bo‘ldi

Мексикада “Халиско янги авлоди” наркокартели аъзолари билан тўқнашувлар натижасида камида 25 нафар Миллий гвардия ҳарбийси ҳалок бўлди.

Украина ОАВлари манбаларига кўра, СБУ кечаси дронлар орқали Татарстандаги «Калейкино» нефть насос станциясига зарба берган. Ҳужум ортидан бир неча портлаш содир бўлган ва йирик ёнғин келиб чиққан.

The New York Times (NYT) маълумотига кўра, Европа Иттифоқи (ЕИ) Украинага молиявий ёрдамни тўсиб қўйди, ва бу жуда муҳим ва ҳассос бир пайтда содир бўлди.

Surxondaryo ta’lim tizimida korrupsiya: ikki mansabdor ushlandi

Сурхондарё вилояти таълим соҳасида йирик коррупцион схема фош этилди.

Samarqandda suv talashgan uka o‘z akasini miltiqda otib qo‘ydi

Жорий йилнинг 12 феврал куни Нарпай тумани Хўжакарзон маҳалласидаги фермер хўжалиги ҳудудида ака-укалар ўртасида ариқдан сув ўтказиш масаласида келишмовчилик келиб чиққан.

Zambiya sobiq prezidenti jasadi sakkiz oydan beri muzlatkichda saqlanmoqda

Бунга собиқ президент Эдгар Лунгунинг оиласи билан мамлакатнинг амалдаги президенти Ҳакаинде Ҳичилема ўртасидаги келишмовчилик сабаб бўлган.

Xominaiy va uning o‘g‘li "yo‘q qilinishi" mumkin

Қўшма Штатларда турли сценарийлар учун вариантлар бор.

Hokim o‘rinbosari va hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Сурхондарёда ҳоким ўринбосари ва Наманганда ҳоким ёрдамчисининг ноқонуний ҳаракатлари фош этилди.

Aka singlisining sha’niga yomon gap aytilishi ortidan jinoyatga qo‘l urdi

Ориф вазиятни англаб, бир нохушлик юз беришини олдини олиш мақсадида хонанинг орқа эшигидан чиқиб кетмоқчи ҳам бўлди. Аммо улгурмади.

Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh etildi hamda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari olindi

Давлат хавфсизлик хизмати ҳамда Ички ишлар органлари ҳамкорлигида Тошкент вилоятида ўтказилган тезкор тадбирда Юқори Чирчиқ тумани ҳудудида ҳаракатланаётган “Спарк” русумли автомашина тўхтатилиб, кўздан кечирилди.

Norin tumanida YTH: “Umid chirog‘i” markazi tarbiyalanuvchisidan biri vafot etdi

2026 йил 18 февраль куни соат 08:30 лар атрофида Норин туманида жойлашган “Умид чироғи” кундузги парвариш хизмати тарбияланувчиларини марказга олиб кетиш жараёнида йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Qo‘qonda 9-sinf o‘quvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

Ички ишлар органларининг воқеа жойига етиб келган ёрдамчи кучлари томонидан хонадонда яшовчи фуқароларнинг хавфсизлиги тўлиқ таъминланганидан сўнг, профилактика инспектори Жаҳонгир Маҳмудов шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган

OAV: Trampning Eronga hujum qilishi 90 foiz aniq

Доналд Трампнинг исми ошкор қилинмаган маслаҳатчиси Эронга ҳужум эҳтимолини баҳолади. У Axios нашрига Қўшма Штатлар келгуси ҳафталарда Эронда ҳарбий операция бошлаши эҳтимоли 90 фоиз эканлигини айтди.

Polsha Ukrainadagi mojaroning tugashi natijasida kutilmagan oqibatlardan xavotirda

Газета Wйборcза хабарига кўра, Полша полиция бошлиғи Марек Борон украиналик собиқ жангарилар мамлакатга келиши билан жиноятчилик кескин ошишини кутмоқда.

The Economist: Ukraina muzokara guruhida Rossiya bilan tez kelishuv masalasida ixtilof bor

Британиянинг The Economist нашри журналисти Оливер Кэрролл ёзишича, Киевнинг музокара гуруҳида Россия билан эҳтимолий сулҳ бўйича қарашлар турлича.

Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 12 kishi halok bo‘ldi

АҚШ воситачилигида тузилган сулҳ иккинчи босқичга ўтганига қарамай, Ғазода зўравонликлар давом этмоқда.

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishmovchiliklarga duch kelmoqda

Бу ҳақда Bloomberg юқори мартабали манбаларга таяниб хабар берди.

Istanbul minoralari ortida qanday afsonalar yashiringan?

Истанбул ўзининг бетакрор силуэти билан дунёга машҳур шаҳар. Қуёш ботиш маҳалида янада равшан кўзга ташланадиган масжид-у миноралар, мовий сувлар бағрида сузаётган паромлар ва Тарихий Яриморол бўйлаб салобат билан қад ростлаган етти тепа — буларнинг барчаси шаҳар манзарасининг ажралмас қисмидир.

“Krokus Siti Xoll”dagi terakt aybdorlari uchun umrbod qamoq talab qilindi

Москва шаҳар судида прокурор концерт залидаги терактни амалга оширганларни махсус режимли колонияда умрбод қамоққа маҳкум қилишни сўради.