AQSh Maxfiy xizmati agentlari va Palm-Bich okrugi sherifi idorasi xodimlari Mar-a-Lagoning qo‘riqlanadigan hududiga noqonuniy kirgan erkakni otib tashladi. Bu haqda Maxfiy xizmat vakili Entoni Gulelmi ma’lum qildi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan tungi soat 01:30 atrofida ro‘y bergan. 20 yoshlar atrofidagi ushbu shaxsni shimoliy darvoza yonida miltiqni eslatuvchi buyum va yonilg‘i solingan idish ko‘targan holda payqashgan.
Mar-a-Lagoda Donald Trampning qarorgohi joylashgan. AQSh prezidenti bu hafta Vashingtonda qolgandi.
Maxfiy xizmat bu vaqtda voqea joyida o‘z himoyasi ostidagi shaxslardan hech biri bo‘lmaganini ma’lum qilgan.
Palm-Bich okrugi sherifi Rik Bredshouning so‘zlariga ko‘ra, qo‘riqchilar mahalliy vaqt bilan soat 01:30 da ushbu shaxsni Mar-a-Lagoning ichki hududiga kirayotganida ko‘rishgan. Ko‘p o‘tmay maxfiy xizmat xodimlari qo‘lida qurol tutgan va bir kanistr benzin ko‘targan shaxsni topishgan.
Qo‘riqchilar unga qo‘lidagilarni tashlashni buyurgan. U esa kanistrni uloqtirib, qurolini o‘qtalgan. Shu pallada agentlar «xavfni bartaraf etish» uchun o‘t ochishgan.
Bredshouning so‘zlariga ko‘ra, hodisada agentlar orasida jabrlanganlar yo‘q.
Trampning Mar-a-Lago qarorgohiga o‘qotar qurol va yonilg‘i idishi bilan kirishga uringanida otib tashlangan erkak 21 yoshli rassom Ostin Taker Martin ekani aniqlandi deb yozmoqda The New York Post
Shimoliy Karolina shtatidan bo‘lgan Martin voqea arafasida oilasi tomonidan “bedarak yo‘qolgan”, deb e’lon qilingan. Hozirda tergovchilar uning Floridaga ketayotib, yo‘lda o‘qotar qurol sotib olganini, shuningdek, Mar-a-Lagoga nega kirishga uringanini tekshirmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.
Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.
Давлат раҳбарлари тобора ҳарбий кучни асосий таъсир воситаси сифатида қўлламоқда, маҳаллий можаролар эса бир-бирига тўғридан-тўғри таъсир ўтказа бошлаган.
Бошқа баёнотлар:
— Улар музокараларга қайтиб келиб, биз истаган ҳамма нарсани беради, деб ўйлайман. Мен ҳаммасини хоҳлайман. Менга 90% ҳам, 95% ҳам керак эмас. Мен ҳаммасини хоҳлайман;