Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, Samarqand shahrining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shuningdek, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirishni ta’minlash hamda servis xizmatlar turlari va sifatini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, hududda 2023 – 2030 yillarda “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar-joylar kompleksini barpo etish direksiyasini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Shundan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining taklifiga asosan, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Majlisda qaror loyihasi tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari, xalq deputatlari Samarqand shahar, Samarqand va Oqdaryo tumanlari hamda viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizig‘ining tasnifi ma’qullanganligi qayd etildi. Shuningdek, qaror loyihasida hududning chegaralarini o‘zgartirish va unda belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida Hukumatga kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Mazkur tuman va shahar chegaralarining o‘zgarishi bilan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda
254 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazlari, 50 ta ijtimoiy soha ob’ektlari, 89 ta ko‘ngilochar va savdo komplekslari hamda tarixiy shaharcha barpo etiladi.
Bundan tashqari, hududda 112 km ichki yo‘llar, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 6 km yer usti metro yo‘li, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikasiya uchun tonnel, 180 km irrigasiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi.
Deputatlarning fikricha, kiritilayotgan o‘zgartishlar kelgusida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Majlisda qaror loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.
Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг урушдан жабр кўрган 100 нафар фаластинлик болалар ва аёлларни эвакуация қилганидан таъсирланиб 3 кун йиғлаганини ва президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева билан гаплашганини айтди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Ҳозирга вақтга кўра қалбаки спиртли ичимликлар оқибатида вафот этган Ўзбекистон фуқаролари сони 6 нафарга етди. Улардан 5 эркак ва 1 нафар аёлни кишини ташкил этмоқда.
АҚШ жанубидаги Калифорния штатида давом этаётган ўрмон ёнғинлари оқибатида етказилган зарар тахминан 250-275 миллиард долларни ташкил этмоқда. Бу ҳақда The Washington Post газетаси AccuWeather об-ҳаво маълумотларига таяниб хабар берди.
14 январ куни АҚШ Ички хавфсизлик вазирлиги 37 та Хитой компаниясини уйғурларнинг мажбурий меҳнатидан фойдаланаётган корхоналар рўйхатига қўшганини маълум қилди.
АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трамп жамоаси Украина бўйича музокараларни бошлаш учун Москвага таъсир ўтказиш воситаси сифатида музлатилган Россия активларидан фойдаланиш ғоясини рад этмаяпти.
Германия мудофаа вазири Борис Писториус эълон қилинмаган ташриф билан Украинада. Бу, эҳтимол, келгуси ойдаги Германия сайловидан олдинги сўнгги сафари. У Трамп келаси ҳафта қайтиши муносабати билан Европанинг доимий қўллаб-қувватлаши ҳақида муҳокама юритишини айтди.
Ҳодиса маҳаллий майдонда футбол ўйини чоғида содир бўлган, у ерда муштлашувдан сўнг номаълум одамлар билан машина етиб келган, шундан сўнг отишма бошланган.