Endi pensiya jamg‘armasiga Telegram orqali murojaat qilish mumkin

Endi pensiya jamg‘armasiga Telegram orqali murojaat qilish mumkin

O‘zbekiston pensiya jamg‘armasining Telegram kanali ishga tushirildi. Bu haqda jamg‘armaning matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar fuqarolardan murojaatlar jamg‘armaning elektron pochtasi — pension_uz@pfca.mf.uz orqali qabul qilib kelingan. Endilikda foydalanuvchilar jamg‘armaning Telegram kanali — t.me/PensionFundRUz ga a’zo bo‘lib, kanalning muhokama guruhi orqali savolini yo‘llashi mumkin.

Har bir savolga mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida, ish kunlari davomida javob berilishi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati tomonidan nazorat qilib boriladi. Fuqarolar esa, savollarni yo‘llashda F.I.O, doimiy yashash manzil, aloqa uchun telefon raqami va murojaatning qisqacha mazmunini yozishi lozim.

Shuningdek, fuqarolarning yashash manzillari bo‘yicha ham hududiy kanallar joriy qilingan bo‘lib, ularga kelib tushayotgan savollarga ham mutaxassislar tomonidan javob beriladi.

Bugungi kunga Pensiya jamg‘armasi ro‘yxatida turuvchi 3 777 631 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar mavjud bo‘lib, mamlakat aholisining 11%  davlat pensiya ta’minoti bilan ta’minlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!