Endi AQSH-Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari AQShga qo‘yib yuborilmaydi

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Davlat departamentining xabar qilishicha, endilikda AQSH-Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari AQShga qo‘yib yuborilmaydi, buning o‘rniga ular bilan bog‘liq immigrasiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi.
AQSh Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatdan chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.
AQSH-Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy migrasiya xavfli va qimmatdir. Kontrabandachilarning yolg‘on va’dalariga uchmang. Amerika Qo‘shma Shtatlariga sayohat qilish uchun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalaning.
AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migrasiyaga yordam beradigan oila a’zolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.
Amerika Qo‘shma Shtatlari xavfsiz, tartibli va insonparvar migrasiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida chet ellik hamkorlar bilan faoliyat olib boradi hamda Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan barcha noqonuniy kiruvchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlarni immigrasiya qonunchiligi (Title 8) vakolati ostida tezda mamlakatdan chiqarib yuboradi.