Elektr transport vositalari 2040 yilga borib neftga bo‘lgan kunlik 20 million barrel talabni siqib chiqaradi

Elektr transport vositalari 2040 yilga borib neftga bo‘lgan kunlik 20 million barrel talabni siqib chiqaradi

AQSh va Yevropada avtomobil transporti uchun benzin va dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan talab allaqachon eng yuqori cho‘qqiga chiqdi va bu yil Xitoyda eng yuqori cho‘qqiga chiqishi kutilmoqda. Hindistonda ushbu yoqilg‘iga nisbatan talab 2030 yillarda pasayishni boshlaydi.

Bloomberg prognozlariga ko‘ra, elektr transport vositalari 2040 yilga borib neftga bo‘lgan kunlik 20 million barrel talabni siqib chiqaradi. Bu elektr transport vositalari tufayli hozirgi pasayishdan 10 baravar ko‘p.

Xitoy Milliy neft-gaz korporasiyasi Davlat Iqtisodiyot va texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti prezidenti Lu Jusyuanning ta’kidlashicha, 2024 yilda Xitoyda elektr transport vositalari neftga nisbatan 20 million tonnalik talabni kamaytiradi. Bu esa mamlakatdagi benzin va dizel yoqilg‘isining barcha iste’molini 10 foiziga teng.

Xitoyda akkumulyatorli elektr transport vositalarini sotish yanvar-fevral oylarida 18,2 foiz oshgan. Shunga qaramay, 2023 yildagi 20,8 foizli o‘sishning pasayishi tendensiyasi kuzatilgan.

Biroq Xitoyda gibrid avtomobillar bilan bir qatorda, yangi elektr transport vositalari (NEV) sotuvi ikki oylik davrda 2023 yildagi 36,2 foizdan 37,5 foizga o‘sgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!