Ekvadordagi qamoqxonada tartibsizlik: 44 kishi halok bo‘ldi

Ekvadordagi qamoqxonada tartibsizlik: 44 kishi halok bo‘ldi

Ekvadorning Santo-Domingo de los Kolorados shahridagi qamoqxonada yuz bergan tartibsizlikda 44 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda euronews xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 220 dan ortiq mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq polisiya ularning yarmini qo‘lga olgan.

Rasmiylarga ko‘ra, tartibsizliklar ikki yirik jinoiy guruh o‘rtasidagi janjal natijasida yuzaga kelgan. Shu sababli, tartibsizliklar allaqachon bir necha bor boshlangan: bir yildan kamroq vaqt ichida 350 ga yaqin odam bir nechta qamoqxonalardagi mahbuslar o‘rtasidagi qarama-qarshilik qurboni bo‘ldi.

So‘nggi paytlarda mamlakatni ko‘cha jinoyati va giyohvand moddalar savdosi to‘lqini qamrab oldi, bunga javoban rasmiylar qattiq choralar ko‘rmoqda. Ekvadorning uchta provinsiyasida favqulodda holat e’lon qilindi. Bundan tashqari, 1500 ga yaqin qamoqxona nazoratchisi ishga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!