Ekvadorda ikki oy muddatga favqulodda holat joriy etildi

Ekvadorda ikki oy muddatga favqulodda holat joriy etildi

Ekvador prezidenti Daniyel Noboa energiya inqirozi tufayli mamlakatda favqulodda holat joriy etish haqidagi farmonni imzoladi.

«Report» xorij matbuotiga tayanib, favqulodda holat 60 kun davom etishini ma’lum qildi.

Farmonda aytilishicha, mazkur chora energiya taqchilligi muammosini hal etish uchun yetarli vaqtni ta’minlash va yaqin kelajakda vaziyatning barqarorlashishini hisobga olgan holda joriy davrda elektr energiyasi ta’minotini kafolatlashga qaratilgan.

Bundan tashqari, farmonda muhim energetika infratuzilmasi ob’ektlarini qo‘poruvchilik, terrorchilik xurujlari va boshqa tahdidlardan himoya qilish uchun mamlakat polisiyasi va qurolli kuchlarini safarbar etish nazarda tutilgan.

Ekvadordagi kuchli qurg‘oqchilik tufayli GESlar ishlamayapti. Shuningdek, ishlab chiqarish muammolari tufayli qo‘shni Kolumbiyadan elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilgan. Natijada mamlakat keskin energetika inqiroziga duch keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!