ECHL. Pley-offga yo‘l olgan navbatdagi 4 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

ECHL. Pley-offga yo‘l olgan navbatdagi 4 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yana to‘rtta jamoa chiqdi.

Arsen Zaxaryan boshchiligidagi “Real Sosyedad” va “Inter” 4-tur natijalariga ko‘ra “D” guruhidan chiqishni kafolatladi – ular 10 ochko jamg‘arib, guruh bosqichi yakunlanishiga ikki tur qolganda “Red Bull Zalsburg”dan 7 ochko oldinda.

“Bavariya” o‘z navbatida “A” guruhidan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi – myunxenliklar 4 turdan so‘ng 12 ochko jamg‘arishdi. Uchinchi o‘rindagi “Galatasaroy” hisobida 4 ochko bor.

“C” guruhida peshqadamlik qilayotgan “Real” ham 4 turdan keyin 12 ochko jamg‘arib, turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Madridliklar “Napoli”dan 5 ochkoga, “Braga”dan 9 ochkoga oldinda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!