ECHL. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar futbolchilar bilan tanishing

ECHL. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar futbolchilar bilan tanishing

UYEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turining eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash jarayonini boshlab yubordi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Unga ko‘ra, 4 nafar futbolchi hafta o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda. Ular quyidagilar:

  • Harri Keyn («Tottenhem») — «PSV Eyndxoven» qarshi bahsda 2 ta gol urdi.

  • Milan Pavkov («Srvena Zvezda») — «Liverpul» darvozasiga 2 ta gol urib, dublni rasmiylashtirdi.

  • Karim Benzema («Real») — «Viktoriya»ga qarshi uchrashuvda dublga erishdi.

  • Riyad Mahrez («Manchester Siti») — «Shaxtyor»ga qarshi bahsda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ovoz berish jarayoni UYEFA rasmiy saytida amalga oshirilmoqda.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!