Do‘smatov va Karmona IBA kamari uchun jang oldidan tarozi va face to face marosimida ishtirok etdi

Do‘smatov va Karmona IBA kamari uchun jang oldidan tarozi va face to face marosimida ishtirok etdi

"Humo Arena" saroyida katta boks oqshomi o‘tkaziladi.

IBA Chempionlar oqshomining markaziy jangida Hasanboy Do‘smatov (6-0, 5 KO) WBC chempionlik kamari uchun sobiq da’vogar, ispaniyalik Samuel Karmona (10-1, 4 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Bokschilar tarozidan o‘tish hamda face to face, ya’ni nigohlar to‘qnashuvi marosimida yuzma-yuz kelishdi. Jang g‘olibi Xalqaro boks federasiyasi IBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

"Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi mijozi bo‘lgan 30 yoshli Do‘smatov tarozida 50,80 kg, 27 yoshli Karmona esa 50,85 kg vazn qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!