Dunyodagi birinchi suzuvchi shahar Maldiv orollarida qurilmoqda

Dunyodagi birinchi suzuvchi shahar Maldiv orollarida qurilmoqda

Suzuvchi shahardagi uylar 2024 yildan sotuvga chiqishi rejalangan

Hind okeani suvlarida suzib yuruvchi shahar qurilmoqda. Maldiv poytaxti Maledan qayiqda bor-yo‘g‘i 10 daqiqa masofada joylashgan suv havzalarida 20 000 kishini sig‘dira oladigan suzuvchi shahar qurilmoqda.

Maldivliklarning an’anaviy dengizchilik madaniyatidan ilhomlangan loyihani ishlab chiqish 2009 yilda boshlangan va 2027 yilgacha to‘liq yakunlanishi kutilmoqda. U Gollandiyaning Waterstudio arxitektura firmasi tomonidan Maldiv hukumati va Gollandiyaning Dutch Docklands ko‘chmas mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilyapti.

Suzuvchi shaharning qurilishiga ekologik sabablar, ya’ni global isish bilan bog‘liq dengiz sathining ko‘tarilishi ham sabab bo‘ldi. Maldiv orollarining 80 foizi dengiz sathidan bir metrdan pastroq balandlikda joylashgan va 2100 yilga kelib orollarning aksariyati yashash uchun yaroqsiz holga kelib, suv ostida qolib ketishi mumkin.

Dunyodagi birinchi suzuvchi shahar Maldiv orollarida qurilmoqdaShaharni loyihalashtirgan muhandislar ko‘plab muammolarni hal qilishlari, birinchi navbatda xavfsizlikni ta’minlashlari kerak bo‘ladi. Xavfsizlik bunday katta o‘lchamdagi suzuvchi tuzilmani qurishda ayniqsa muhimdir. "Hamma narsani oldindan hisobga olish kerak, jumladan, tabiat ta’siri, to‘lqinlar, ekstremal ob-havo va dengiz sathining 100 yillikdagi ko‘tarilish prognozi kabilar", - deya ma’lumot beradi shahar arxitekturasini yaratgan Waterstudio fermasi.

Shahar bir ko‘rinishda inson miyasini eslatib yuboradigan shaklda, bu tasodif emas. Loyiha miyyasimon marjonlarga o‘xshatib yaratilgan bo‘lib, uylarga sun’iy marjon qirg‘oqlari biriktiriladi.

Dunyodagi birinchi suzuvchi shahar Maldiv orollarida qurilmoqda

“Maldiv orollaridagi suzuvchi shahar meliorasiyani talab qilmaydi, shuning uchun u marjon riflariga minimal ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, uning sharofati bilan yangi ulkan riflar o‘sadi, ular suv oqimi sifatida ishlaydi. Bizning iqlim o‘zgarishiga moslashishimiz tabiatni buzmasligi, balki u bilan hamkorlikda ishlashi kerak”, - deb tushuntiradi Maldiv orollarining sobiq prezidenti Muhammad Nashid.

Cuzuvchi shaharda asosiy transport sifatida qayiqlar bo‘ladi, shuning uchun bu yerda ko‘plab kanallar quriladi. Ammo mashinalar umuman bo‘lmaydi - faqat velosiped, elektr samokat va skuterlargina bo‘ladi.

Tez orada ko‘chmas mulk sotuvi boshlanadi va ilk mijozlar 2024 yilda orolga ko‘chib o‘tishlari kutilmoqda. Har bir uy 100 kvadrat metr maydon, qayiq uchun turargoh ko‘prigi va usti ochiq mehmonxonaga ega bo‘ladi.

Male dunyodagi odamlar eng zich joylashgan shaharlardan biri bo‘lib, 200 000 dan ortiq inson 8 kvadrat kilometr maydonga ega poytaxtda tiqilinchda yashaydi. Qurilayotgan suzuvchi shaharda ko‘chmas mulk narxi studiyalar uchun 150 000 dollardan, oilaviy yashovchilar uchun esa 250 000 dollargacha miqdorda narxl


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!