Dunyodagi birinchi nogiron kosmonavt koinotga uchadi

Dunyodagi birinchi nogiron kosmonavt koinotga uchadi

Evropa kosmik agentligi xabariga ko‘ra, britaniyalik Jon Makfoll kelajakda kosmik parvozlar uchun o‘qitiladigan 17 kishidan iborat yangi otryadga qo‘shildi.

«Bu juda hayratlanarli voqea bo‘ldi, chunki oyog‘i amputasiya qilingan odam sifatida kosmonavt bo‘laman deb hech o‘ylamagan edim, shuning uchun hayajon juda katta», dedi bo‘lajak kosmonavt jurnalistlarga bergan intervyusida.

40 yoshli Makfoll jiddiy motosikl halokatidan keyin 19 yoshida o‘ng oyog‘idan ajralgan. Protezlashdan so‘ng u sport bilan shug‘ullanib, Britaniya paralimpiya terma jamoasiga kirdi va 2008 yilda Pekinda bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 100 metrga yugurishda qatnashib, 13,08 soniya natija ko‘rsatib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Evropa kosmik agentligi 2021 yilda nogiron kosmonavt lavozimiga tanlov e’lon qildi. Jami 257 ta ariza kelib tushdi, Jon Makfoll psixologik, kognitiv va jismoniy test natijalariga ko‘ra tanlab olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!