Drakula qasri vaksinasiya markaziga aylantirildi

Drakula qasri vaksinasiya markaziga aylantirildi

Ruminiyadagi o‘rta asrlarga tegishli Bran qasri yoki Drakula qasri vaksinasiya markaziga aylantirildi. Xohlovchilar may oyi davomida juma, shanba va yakshanba kunlari bu yerga oldindan yozilmasdan kelib emlanishi mumkin.

Ularni niqoblariga vampirlarning so‘yloq tishlari tasvirlangan shifokorlar kutib oladi. Ular hazillashib odamlarni “tishlashlarini” aytishmoqda, faqat bu orqali vampirizm emas, koronavirus antitanalari yuqadi.

Pfizer vaksinasi bilan emlanganlarga saroy bo‘ylab ekskursiya ham sovg‘a qilinadi. Muzey rahbariyati shu yo‘l bilan bundan 500-600 yil oldin Yevropada odamlar qanday azoblanganini ko‘rsatishmoqchi.

Ammo birinchi navbatda yangi usul bilan ular aholining vaksinasiyaga munosabatini o‘zgartirmoqchi. 19 mlndan ko‘proq aholi yashaydigan Ruminiya xukumati sentyabrgacha 10 mln odamni koronavirusga qarshi emlamoqchi. Hukumat bu aksiya sayyohlarning Karpatga qaytishiga xam sabab bo‘lishiga umid qilmoqda.

Bran Drakula saroyi deb atalishiga sabab – Brem Stokerning “Drakula” asari prototipi Vlad Sepesh o‘z safarlari chog‘ida shu yerda tunagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!