Donald Tramp milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni ishdan haydadi

Donald Tramp milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni ishdan haydadi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

«Kecha Jon Boltonni Oq uy uning xizmatlariga ortiq muhtoj emasligi haqida boxabar qildim. Men uning ko‘plab takliflariga mutlaqo qo‘shilmayman va undan iste’foga chiqishni so‘radim», — deb yozdi AQSh prezidenti Tvitterdagi sahifasida.

The New York Times’ning yozishicha, prezident va uning maslahatchisi eng asosan KXDR va Eron bilan bog‘liq masalalarda kelisha olmagan. Bolton ularni dushman deb hisoblamoqda, Tramp esa bu mavzularda nisbatan mo‘’tadil. Trampning o‘zi Bolton AQShni yangi urushga olib kirmoqchi, deb e’tiroz bildirgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!