Diqqat! O‘zbekistonda onlayn firibgarlikning yangi turi tarqalmoqda

Diqqat! O‘zbekistonda onlayn firibgarlikning yangi turi tarqalmoqda

Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi va ular aholining barcha qatlamlariga keng kirib borishi bilan bir qatorda Internet tarmog‘ida firibgarlik jinoyatlari bilan bog‘liq holatlari avj olib bormoqda.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda internet-firibgarlari tomonidan tayyorlangan https://yandex.uz-gets.space/ya/?id=37894253 nomli “feyk havola” manzili (ilovada) keng tarqalayotganligi kuzatildi.

Ushbu, feyk havola manzil olx.uz savdo platformasining veb-sahifasi uchun yaratilgan bo‘lib, biror-bir fuqaro o‘z mahsulotini sotish maqsadida ye’lon tariqasida olx.uz veb-sahifasiga joylashtirgan vaqtda, firibgar unga mahsulotini sotib olishni va’da qilib, to‘lovni ushbu havolaga kirgan holda to‘lashni aytib, havola orqali fuqarolarni bank plastik karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, pul mablag‘larini noqonuniy ravishda o‘zlashtirib kelmoqda.

Bundan tashqari, firibgarlar tomonidan Click va Payme kabi to‘lov tizimlari veb-saytlarining soxtalashtirilgan ko‘rinishlarini yaratgan xolda fuqarolarni bank plastik karta ma’lumotlarini yegallab, ulardagi pul mablag‘larini noqonuniy ravishda o‘zlashtirib kelayotganligi kuzatilmoqda (ilovada).

Ta’kidlash joizki, qisqa vaqt ichida ushbu soxta veb-sayt faoliyatiga taqiq qo‘yilishi orqali yehtimoliy jabrlanuvchilar sonini kamaytirishga yerishish mumkin.

Shu sababli, olingan ma’lumotlarni IIV Axborot xizmati tomonidan qayta ishlanib, barcha fuqarolarni ogohlantirish, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan veb-saytni mamlakatimizda faoliyatiga to‘siq o‘rnatish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.

IIV Kiberxavfsizlik markazi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!