Diqqat! Farg‘onada birovning plastigidagi pullarni o‘g‘irlagan firibgar qidirilmoqda

Diqqat! Farg‘onada birovning plastigidagi pullarni o‘g‘irlagan firibgar qidirilmoqda

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan M. M. joriy yilning 5 avgust kuni telegram kanalida paydo bo‘lgan xabardan sarosimaga tushib qoldi. Gap shundaki “XTI” nomli bot kanal orqali kelgan xabarda u 150 ming so‘m pul yutib olganligi, bu summani plastik kartasiga tushirib berishi aytilgandi. Yo‘q joydan shuncha pul yutib olganiga ishonib-ishonmay turgan bir paytda yana o‘sha bot kanaldan pulni uning plastik kartochkasiga tushirib berishi uchun karta maxfiy kodini so‘ralgan xabar keladi. Fuqaro esa so‘rab-surishtirmay unga plastik kartasi maxfiy kodini berib yuboradi.

Hammasi shundan keyin boshlandi. Tez orada uning hisobiga va’da qilingan 150 ming so‘m tushishi o‘rniga, kartasidan 529 ming 200 so‘m pul yechib olinadi. Fuqaro M. M. shundagina firibgar tuzog‘iga tushganini anglab yetadi.

Joriy yilning 6 sentyabr kuni jabrlanuvchi Rishton tumani IIBga holat yuzasidan murojaat qildi. Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!