Davlat tilini bilmaydiganlarning maoshini qisqartirish taklif qilindi

Davlat tilini bilmaydiganlarning maoshini qisqartirish taklif qilindi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy jurnalist va teleboshlovchi Anna Danchenkoning mamlakatda qozoq tilining mavqeini ko‘tarishga qaratilgan takliflari yuzasidan katta tortishuvlar boshlandi.

Uning taklifi – qozoq tilini bilmaydigan fuqarolarning ish haqini 30 foizga kamaytirish. Tabiiyki, bundan keyin rus tilining mavqei pasayadi.

"Bu maqom juda katta miqdordagi qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, men qozoq tilini bilmagan odam bo‘lganimda, tirikchilik g‘amida uni o‘rganishni boshlagan bo‘lar edim. Agar qonun bo‘yicha men tilni bilishga majbur bo‘lsam, o‘rganishim kerak edi. Masalan, qozoq tilini bilmaydiganlarning ish haqini 30 foizga qisqartirish mumkin. Bunday qattiq sharoit va qonunlar ostida dangasalar o‘rganishni boshlaydi", deb yozgan u.

Danchenko xonimning so‘zlariga ko‘ra, odamlar dangasa bo‘lganligi sababli, hech kim ular "majburlamaguncha" tilni o‘rganmaydi. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, teleboshlovchining o‘zi qozoq tilini mukammal biladi va shuning uchun bunday taklif bilan u tabiiy ravishda o‘z ish haqining kesilishiga duch kelmaydi.

Uning fikri ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilindi. Kimdir Danchenkoni butunlay qo‘llab-quvvatladi, kimdir esa odatdagidek bunday choralar odamlarni o‘z xohishlariga qarshi davlat tilini o‘rganishga majbur qiladi va bundan yaxshi narsa bo‘lmaydi deb da’vo qilib, tanqid qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!