Davlat notariuslari foydalanuvida bo‘lgan binolar xususiy notariuslarga ijaraga beriladi

Davlat notariuslari foydalanuvida bo‘lgan binolar xususiy notariuslarga ijaraga beriladi

“Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (213-son, 11.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududiy adliya organlariga biriktirilgan hamda davlat notariuslari foydalanuvida bo‘lgan bino va inshootlarni xususiy notariuslarga ijaraga berish, shuningdek idora inventarlarini sotish hududiy adliya organlari hamda xususiy notariuslar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan davlat  notariuslari bino va inshootlarni ijaraga olishda xususiy notariuslarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. 

Bunda, davlat notariusi bino va inshootlarni ijaraga olishni yozma ravishda rad etgan taqdirda yoki 2 oy davomida ustunlik huquqidan foydalanmaganda ushbu bino va inshootlar hududiy adliya organlariga biriktirilmagan binoda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy notariuslarga ijaraga beriladi.  

Davlat notarial idorasi notariusiga biriktirilgan inventarlar ularni sotib olish istagini bildirgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga balans qiymatida sotiladi.

Bino va inshootlar xususiy notariuslar tomonidan ijaraga olinmagan hollarda ularda davlat  notariuslari joylashtirilishi, hududiy adliya organlari tomonidan foydalanilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!