Daniya Shvesiya bilan chegaraga nazorat o‘rnatdi

Daniya Shvesiya bilan chegaraga nazorat o‘rnatdi

Daniya Shvesiya bilan chegarada vaqtincha nazoratni joriy etdi. U 12 noyabrdan kuchga kiradi va olti oy davomida amal qiladi. Daniya hukumati tomonidan kiritilgan “xavfsizlik harakati” tarkibiga butun mamlakat bo‘ylab videokuzatuvni kengaytirish, jazolarni kuchaytirish va Shvesiyadan kelganlarni nazorat qilish kiradi.

– “Chegara nazorati jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlashning muhim elementidir”, – deydi Daniya Adliya vaziri.

Kopengagen polisiyasi xodimi Ann Tonnes: “Polisiya nuqtai nazaridan chegarani nazorat qilishda eng muhim narsa shundaki, biz Daniya va Shvesiya o‘rtasidagi transport qatnovini yaxshilay olamiz”, – deya fikr bildirdi.

Nazorat Shvesiyadan Daniya portlariga va temir yo‘l stansiyalariga kelgan yo‘lovchilarni vaqti-vaqti bilan tekshirish shaklida amalga oshiriladi. Bu shuningdek, Kopengagen va Shvesiyaning Malmyo shaharlarini bog‘laydigan, Eresunn bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan tunnel ko‘prigi bo‘ylab harakatlanadigan transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!