Daniya Yevropa Ittifoqi darajasida rossiyaliklar uchun viza cheklovlarini o‘rnatishni muhokama qilishga tayyor

Daniya Yevropa Ittifoqi darajasida rossiyaliklar uchun viza cheklovlarini o‘rnatishni muhokama qilishga tayyor

Bu haqda Immigrasiya va integrasiya vaziri Kore Dyubvad hamda Daniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Yeppe Kufud ma’lum qildi.

"Umumevropa javobini yaratish kerak. Ammo ma’lumki, agar Yevropada ruslar kirishi mumkin bo‘lgan yagona davlat bo‘lsa, prinsipial jihatdan u butun Shengen zonasiga kirishi mumkin. Shuning uchun taqiq Yevropa Ittifoqining barcha hududlari doirasida amalga oshirilishi kerak", — dedi Kore Dyubvad.

Eppe Kufudning qayd etishicha, Daniya Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimi bo‘yicha barcha takliflarni muhokama qilishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!