Dahshat! Rossiyada er-xotin odamlarni ishontirib, marosim uyushtirib, odamlarni o‘ldirib kelgani ma’lum bo‘ldi

Dahshat! Rossiyada er-xotin odamlarni ishontirib, marosim uyushtirib, odamlarni o‘ldirib kelgani ma’lum bo‘ldi

Giyohvand modda saqlagani uchun hibsga olingan moskvalik er-xotinlar Leningrad viloyati va Kareliyada besh yil oldin qilgan bir qator qurbonliklarini tan olishdi. Bu haqda Mash telegram kanaliga tayanib, "MK" xabar berdi.

Qo‘rqinchli jinoyatlarning tafsilotlari so‘roq paytida oshkor bo‘ldi. Er-xotin ikkita qotillik marosimini tan olishdi. Ayni paytda, tergovchilar satanistlarning qurbonlari ko‘proq bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilishmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, yashirin kuchlarga ishonadigan er-xotinga ishongan Leningrad viloyati aholisi satanistlar qo‘lida vafot etishgan. O‘lganlar 2016 yildan beri bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Leningrad viloyatining Priozersk yaqinida satanistlar Sankt-Peterburgning yosh fuqarosini, Kareliyada esa moskvalik qizni o‘ldirishdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ikki farzandi bor oila mazhab a’zolari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!