Cuyultirilgan gaz narxi birdaniga oshib ketdi

Cuyultirilgan gaz narxi birdaniga oshib ketdi

Tojikistonda suyultirilgan gaz narxi birdaniga oshib ketdi. Bunday holat Qozog‘istondagi tariflarning oshib ketishi bilan izohlanyapti. Mamlakat monopoliyaga qarshi kurash xizmati So‘g‘d viloyati vakolanxonasi rahbari Nosir Akmalzodaning aytishicha, bir tonna mahsulot qiymati 384 AQSh dollaridan 587 AQSh dollarigacha ko‘tarildi, deb yozmoqda "Xalq so‘zi".

Akmalzodaning aytishicha, Tojikistonda suyultirilgan gazning 70 foizidan ortig‘i Qozog‘istondan import qilinadi. Tariflar qimmatlashuvi bois tojik kompaniyalari ham xaridlar miqdorini kamaytirgan. Bu o‘z navbatida gaz qiymati oshib ketishiga olib kelgan, hatto ayrim joylarda yoqilg‘i taqchilligiga sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga Tojikistondagi mashinalarning 60 foizi suyultirilgan gaz bilan ishlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxlar so‘nggi haftalarda 3,4 somoni (0,3 dollarga yaqin)dan 4,6 somonigacha oshgan.

Qozog‘istonda esa 2018 yil boshida ichki bozorda bir tonna suyultirilgan gaz narxi 34319 tengedan 38701 tengegacha ko‘tarildi. Energetika vazirligining ta’kidlashicha, narxlarning oshishi jahon bozoridagi narxlar ko‘tarilishi bilan bog‘liq.

Shu bilan bir qatorda Qozog‘istonda gazga nisbatan ichki ulgurji narxlarining davlat tomonidan barqarorlashtirilishi bekor qilinishi ko‘zda tutilyapti. Ayni damda parlamentga 2019 yil yanvaridan boshlab ichki gaz bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdim qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!