CNN:Tailandda uchishdan oldin samolyot eshigini ochgan kanadalik hibsga olindi

CNN:Tailandda uchishdan oldin samolyot eshigini ochgan kanadalik hibsga olindi



Kanada fuqarosi Tailand shimolidagi Chiang May shahrida tijorat samolyoti eshigini ochib, parvoz oldidan evakuasiya slaydni o‘rnatganidan so‘ng hibsga olindi.

CNN telekanalining Chiang May xalqaro aeroportiga tayanib xabar berishicha, hodisa 7 fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan va boshqa reyslarning parvozi va qo‘nishi kechikishiga olib kelgan.

Kanadalik endi o‘lim jazosi, 20 yilgacha qamoq yoki katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Polisiyaning aytishicha, u psixiatrik tekshiruv uchun klinikaga yuborilgan.

Avvalroq Amerikaning United Express aviakompaniyasining samolyoti parvoz vaqtida chaqmoq urgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!