CNN: Ruminiya avgust oyida ukrainalik uchuvchilarni F-16 samolyotlariga tayyorlashni boshlashi mumkin
Amerikaning CNN telekompaniyasi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Ruminiya avgust oyidayoq ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlariga o‘qitishni boshlashi mumkin.
Muzokaralardan xabardor bo‘lgan CNN manbalariga ko‘ra, mashg‘ulotlar Ruminiyada joylashgan aviabazada boshlanadi.
Mamlakatda 16 ta F-16 samolyoti xizmat ko‘rsatmoqda va yana 32 tasi Norvegiyadan 2024-yil oxirigacha yetkazilishi kerak, deb yozadi OAV.
Ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash uchun Ruminiya hukumati allaqachon F-16 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin konsernidan kompyuter parvoz simulyatorini taqdim etishni so‘ragan.
CNN manbasiga ko‘ra, Ruminiyada ukrainalik uchuvchilarni tayyorlay oladigan o‘nga yaqin instruktor bor.
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov mashg‘ulotlar taxminan olti oy davom etishiga umid bildirgan edi.
