Cho‘milishda har 10 bolaga bir nafar qutqaruvchi bo‘lishi zarur
Bolalarning cho‘milishidan oldin plyajni quyidagi tarzda tayyorlash zarur:
🔹 plyaj akvatoriyasi tubini tekshirish;
🔹 guruh cho‘milishi uchun ajratilgan uchastka chegarasining qirg‘og‘i chetlarini rangli qirg‘oq bayroqchalari yoki yaxlit to‘siq (fal) bilan belgilash;
🔹 cho‘milish uchun ajratilgan uchastka akvatoriyasi chegarasining butun perimetrini ishora qoziqlari, buylar, suvda qalqib turuvchi to‘siqlar bilan belgilash;
🔹 taxtachalarga qutqaruv vositalarini ilib qo‘yish;
🔹 bolalarning har bir guruhiga xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish;
🔹 qutqaruvchi plyaj akvatoriyasi tashqarasiga qayiqda chiqishi va undan 2-3 metr masofada turishi kerak.
⚠️ Cho‘milish paytida har 10 kishi hisobiga bir nafar qutqaruvchi suvda cho‘milayotgan bolalarning yonida turishi kerak.
