Chiroqchidagi maktabda o‘qituvchining nega o‘quvchiga kuch ishlatib, birinchi qavatga sudrab tushgani ma’lum bo‘ldi

Chiroqchidagi maktabda o‘qituvchining nega o‘quvchiga kuch ishlatib, birinchi qavatga sudrab tushgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi “Ijtimoiy tarmoqlarda” tarqalgan “Maktabda no’malum shaxs o‘quvchiga kuch ishlatdi” sarlavhali videorolik bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ushbu videorolik joriy yilning 7 dekabr kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganildi va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shu yilning 23-noyabr kuni Chiroqchi tumanidagi Davlat 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi A.Q maktab xovlisida hamda maktab binosida pirotexnika vositasidan foydalanib, atrofdagi o‘quvchilarni qo‘rqitgan va vahimaga tushishiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng 6-sinf rahbari R.A o‘quvchi A.Qning  cho‘ntagida ikki quti pirotexnika vositasi bor ekanligini sinfdoshlaridan eshitadi va uni tushuntirish ishlari olib borish uchun o‘qituvchilar xonasiga olib bormoqchi bo‘ladi, o‘quvchi bundan bosh tortadi. Shundan so‘ng maktab o‘qituvchisi J.H o‘quvchi A.Qni o‘quvchilar xonasiga olib borish maqsadida unga nisbatan qo‘pol xarakat qilgan, maktabning ikkinchi qavatidan birinchi qavatga sudrab tushgan. 
O‘qituvchi J.Hga nisbatan Chiroqchi tumani Ma’muriy sudi tomonidan ish ochildi. 7 dekabr kuni Chiroqchi tumanidagi Davlat 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari, huquq tartibot organi xodimlari hamda ota-onalar ishtirokida ochiq sud bo‘lib o‘tdi. Sud hukmiga ko‘ra o‘qituvchi J.H O‘zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddasiga asosan eng kam ish haqining 10(o‘n) barobari miqdorida jarima belgilandi.
Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2019 yil 7 dekabrdagi 87-K sonli buyrug‘iga ko‘ra J.H bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 97-moddasi 1- bandiga asosan bekor qilindi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!