Chilonzordagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Chilonzordagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 24 yanvar kuni soat 09:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da yetib borib, yong‘in soat 10:57 da qurshab olindi va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonaning taxminan 250 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

FVV Matbuot xizmati hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!