Chexiyada Ukrainaga RM-70 baravariga o‘t ochuvchi raketa tizimini yuborish uchun ko‘ngillilar tomonidan 30 million kron (1,4 mln dollar) yig‘ildi

Chexiyada Ukrainaga RM-70 baravariga o‘t ochuvchi raketa tizimini yuborish uchun ko‘ngillilar tomonidan 30 million kron (1,4 mln dollar) yig‘ildi

Raketa tizimi bir necha hafta ichida Ukrainaga yuboriladi, deb yozadi České noviny.

Mablag‘ yig‘ish tashabbusi "Putinga sovg‘a" ramziy nomini oldi. Uning vakillaridan biri Martin Ondrachekning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev ushbu tizimli majmua uchun yana 365 ta raketa oladi.

Loyiha ishtirokchilarining maqsadi Kiyevni nafaqat raketa, balki o‘q-dorilar bilan ta’minlash uchun jami 50 million kron jalb qilish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!