Chet tili imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Chet tili imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023 yil 20 yanvar kuni fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 30 yanvar (to‘lovni amalga oshirish 31 yanvar) ga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar imtihon topshirish hududini o‘zlari tanlashlari va mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Bunda test sinovining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa yozma imtihonlardan oldin tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!