Charter reyslarda epidemiologik xavfsizlik qanday ta’minlanadi?

Charter reyslarda epidemiologik xavfsizlik qanday ta’minlanadi?

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 mayigacha xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun o‘ndan ortiq charter reyslar tashkil qilinishi belgilangan. Reyslar uchun chiptalarning narxi ham e’lon qilindi

QALAMPIR.UZ muxbiri tashkil etilgan charter reyslarida yo‘lga qo‘yilgan epidemiologik xavfsizlik yuzasidan Transport vazirligi Matbuot xizmati rahbari Navruz Ashurmatov bilan suhbatlashdi.

"Avvalambor, ushbu kasallikni yuqtirib olish xavfi mavjud ekanligini har bir fuqaro o‘zi anglab yetishi kerak. Mana shu kasallikni yuqtirib olmaslik bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilayotgan tavsiyalarga qat’iy amal qilgan holda harakat qilishlari lozim. Bunda birinchi navbatda, qo‘llarida qo‘lqoplar bo‘lishi va tibbiy niqoblar taqilgan holatda harakatlanishi zarur. Mana shu belgilangan tartibda qo‘llariga antiseptik vositalari yordamida ishlov berib borishi lozim bo‘ladi.

Chet eldan olib kelinayotgan fuqarolarimiz orasida koronavirus infeksiyasini bortda kelayotgan boshqa fuqaroga tarqab ketmasligining oldini olish maqsadida har bir yuborilayotgan samolyot maxsus vositalar bilan ishlov berilib, sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilgan holatda olib kelish jarayoni tashkil qilinmoqda. Bunda ekipaj a’zolari ham belgilangan tartib asosida harakat qiladi. Ularning hammasi maxsus kombinezonlar va himoya niqoblarida harakatlanishadi.

Olib kelingan fuqarolarni 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantinga olinishi ham bejiz emas. Sababi 14 kunlik karantin muddatida aniq bo‘ladi hammasi", deydi Ashurmatov.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!