Buyuk Britaniyada ishlash uchun 77 nafar fuqaroga Tier5 vizalari tasdiqlandi

Buyuk Britaniyada ishlash uchun 77 nafar fuqaroga Tier5 vizalari tasdiqlandi

Joriy yilning may oyida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Angliya davlatidagi ish beruvchi korxona bilan "Seasonal Worker Pilot" loyihasi bo‘yicha axborot yarmarkasi tashkil qilingan edi.

Ish beruvchi talabidan kelib chiqib, loyihaga qiziqish bildirgan va ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar qisman guruhlarga bo‘lingan holda mingga yaqin fuqaro bilan respublika miqyosida tanlovlar o‘tkazildi.

Tanlovlar yakuniga ko‘ra, ish beruvchi bilan kelishgan holda 80 nafar fuqaroning Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi sohasida mavsumiy ishchi vizasini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur hujjatlar elchixonaga taqdim etildi.

Bugungi kunda 77 nafar fuqaroga Tier5 vizalari tasdiqlangan bo‘lib, ularni uyushgan holda yuborish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!