Buyuk Britaniya Ukrainaga 617 million dollarlik yordam paketini taqdim etadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga 617 million dollarlik yordam paketini taqdim etadi

Buyuk Britaniya hukumati saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, bugun bosh vazir Rishi Sunak Polshaga tashrifi chog‘ida Ukrainaga tarixiy rekord darajadagi yordam paketi ajratilishini e’lon qiladi.

Ushbu mablag‘lar Kiyev uchun o‘q-dorilar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va dronlarni operativ yetkazib berishga yo‘naltiriladi. Ukraina, shuningdek, 60 ta kater, 1600 dan ortiq havo hujumidan mudofaa raketalari, qo‘shimcha Storm Shadow raketalari, 400 dan ortiq zirxli transport vositalari va to‘rt millionga yaqin o‘q-dorilar oladi.

Yangi yordam paketi bilan 2024 yilda Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainaga ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori 3,7 milliard dollarga etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!