Buyuk Britaniya sirklarida endi yovvoyi hayvonlar bo‘lmaydi

Buyuk Britaniya sirklarida endi yovvoyi hayvonlar bo‘lmaydi

“Ekolog.uz” kanalining ma’lumot berishicha, Buyuk Britaniya Parlamenti 2020 yilning yanvar oyidan sirklarda yovvoyi hayvonlardan foydalanishni taqiqlagan.

Ilk taqiq 2006 yilda qabul qilingan hayvonlarning farovonligi to‘g‘risida Aktga doir va’da qilingan edi. 2010 yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida 94,5 foiz respondentlar taqiqni qo‘llab-quvvatlagan.

Butun dunyo bo‘ylab sirklarda hayvonlar ochlik, tanasiga ozor berish bilan o‘rgatiladi. Ular yarim och holda, iflos, tor kataklarda saqlangan. Agarda hayvon o‘rgatuvchilar aytganini qilishmasa, ayovsiz kaltaklangan.

Shu munosabat bilan Shotlandiya, Italiya, Nyu-York va Hindiston sirklarda hayvonlardan foydalanishni taqiqlashdi va bunga qarshi kurashishmoqda.

Buyuk Britaniyaning 2 ta rasmiy sirkida hozirda 19 ta hayvon qolgan. ADI tashkiloti bu hayvonlarni qo‘riqxonalarga joylashtirishda yordam berishini taklif qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!