Buyuk Britaniya hukumati xorijlik talabalarga qarindoshlarini o‘zlari bilan olib kelishni ta’qiqladi

Buyuk Britaniya hukumati xorijlik talabalarga qarindoshlarini o‘zlari bilan olib kelishni ta’qiqladi

Buyuk Britaniya hukumati xalqaro talabalarga o‘zlari bilan oila a’zolarini olib kelishni taqiqladi. Cheklovlar barcha xorijliklarga taalluqlidir, postdocda tahsil oluvchilar bundan mustasno, ular kelasi yilning yanvar oyidan kuchga kiradi. Bu chora bosh vazir Rishi Sunak migrasiya muammosi bilan shug‘ullanmagani uchun qattiq tanqid qilinganidan keyin e’lon qilindi.

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatga migrasiyani cheklash bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar doirasida xalqaro talabalarni o‘zlari bilan oila a’zolarini olib kelishni taqiqladi, deb yozadi Financial Times.

Taqiq barcha chet ellik talabalarga taalluqlidir, postdoc dasturlarida tahsil olayotganlar bundan mustasno (masalan, PHD darajasiga ega). Choralar kelasi yanvarda kuchga kiradi, dedi ichki ishlar vaziri Suyella Braverman.

Ichki ishlar vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, xalqaro talabalarning oila a’zolariga berilgan vizalar soni 2019-yildan buyon 8 barobarga, ya’ni 16 mingdan 136 mingga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!